Read Time:1 Minute, 14 Second

Inson qadri va manfaatlari har narsadan ustun. Shu boisdan sohada aholi murojaatlarini tinglash maqsadida ommaviy sayyor qabullar muntazam ravishda ochiq muloqot tarzida olib borilmoqda. Davlat kadastrlari palatasining Jizzax viloyati boshqarmasi Yangiobod tumani filialida sayyor qabul bo’lib o’tdi. Unda  yuridik va jismoniy shaxslarning kadastr sohasida yuzaga kelayotgan muammolari tinglanib, atroflicha o’rganildi. Murojaatlarni tinglash maqsadida yana bir sayyor qabul Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida o’tkazildi. Xorazm viloyati Urganch tumanida bo’lib o’tgan sayyor qabulda esa boshqarma boshliqlari tomonidan murojaatchilarga kadastr sohasida  qonunchilikda  kiritilayotgan o‘zgarishlar va sohadagi yangiliklar haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

Bir qator hududlarda o’tkazilgan sayyor qabullar

Kadastr tizimida muntazam o‘tkazilayotgan sayyor qabullar, fuqarolar bilan jonli muloqotlar murojaatchilarning bir qancha masalalari joyida hal etilishiga va ularning sohaga oid huquqiy saviyasi oshishiga zamin yaratmoqda. Davlat kadastrlari palatasining Xorazm viloyati boshqarmasi rahbarlari boshchiligida Hazorasp tumanida sayyor qabul tashkil etildi. Sayyor qabul davomida fuqarolarning ko’chmas mulk va tadbirkorlik uchun yer ajratilishiga oid murojaatlari tinglandi. Navbatdagi sayyor qabullar Farg’ona viloyati Farg’ona shahrida hamda Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida, Toshkent viloyatining Bo’stonliq tumani, Xorazm viloyatining Urganch va Sirdaryo viloyatining Guliston shaharlarida bo’lib o’tdi.

Navoiy viloyati Navbahor tumanida o’tkazilgan sayyor qabul

Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarni o’rganish va ularning kadastr sohasidagi mummolariga yechim topish masalasiga kadastr sohasida jiddiy e’tibor qaratilgan. Bu borada soha mutasaddilari ishtirokidagi fuqarolar uchun tashlkil etilayotgan sayyor qabullar so’zimiz isbotidir. Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Qoraqalpog’iston Respublikasi Chimboy tumanida boshqarma boshliqlari tomonidan 2 kun mobaynida o’tkazilgan sayyor qabulda aholi murojatlari tinglandi. Mazkur sayyor qabul Qanliko’l tumanida ham bo’lib o’tdi.

Happy
Happy
0 %
Sad
Sad
0 %
Excited
Excited
0 %
Sleepy
Sleepy
0 %
Angry
Angry
0 %
Surprise
Surprise
0 %