Read Time:24 Second

Kadastr tizimida muntazam o‘tkazilayotgan sayyor qabullar, fuqarolar bilan jonli muloqotlar murojaatchilarning bir qancha masalalari joyida hal etilishiga va ularning sohaga oid huquqiy saviyasi oshishiga zamin yaratmoqda. Davlat kadastrlari palatasining Xorazm viloyati boshqarmasi rahbarlari boshchiligida Hazorasp tumanida sayyor qabul tashkil etildi. Sayyor qabul davomida fuqarolarning ko’chmas mulk va tadbirkorlik uchun yer ajratilishiga oid murojaatlari tinglandi. Navbatdagi sayyor qabullar Farg’ona viloyati Farg’ona shahrida hamda Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida, Toshkent viloyatining Bo’stonliq tumani, Xorazm viloyatining Urganch va Sirdaryo viloyatining Guliston shaharlarida bo’lib o’tdi.

Happy
Happy
0 %
Sad
Sad
0 %
Excited
Excited
0 %
Sleepy
Sleepy
0 %
Angry
Angry
0 %
Surprise
Surprise
0 %