Read Time:34 Second

Joylarda kadastr mutasaddilari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini tinglash maqsadida muntazam o’tkazilayotgan sayyor qabullar fuqarolarning soha bo’yicha yuzaga kelayotgan muammolariga yechim topilishida kutilgan natijani bermoqda.

  • Davlat kadastrlari palatasining Qashqadaryo viloyati G’uzor tumanida sayyor qabul o’tkazildi. Unda kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va aholining kadastr bilan bog‘liq boshqa muammolariga e’tibor qaratildi.
  • Xuddi shunday sayyor qabullar Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumani, Toshkent viloyatining Chirchiq tumani hamda Farg’ona viloyatining Buvayda tumanida bo’lib o’tdi.
  • Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahri boshqarmasi tomonidan esa kecha va bugun sayyor qabullar o’tkazildi. Ya’ni poytaxtimizning Yunusobod hamda Uchtepa tumanlarida aholining muammolari o’rganildi.
  • Reja jadvalga binoan, navbatdagi sayyor qabullar Namangan viloyatining Yangiqo’rgon, Xorazm viloyatining Xiva tumanlarida ham o’tkazilishi ko’zda tutilgan.
Happy
Happy
0 %
Sad
Sad
0 %
Excited
Excited
0 %
Sleepy
Sleepy
0 %
Angry
Angry
0 %
Surprise
Surprise
0 %