Read Time:31 Second

Barcha davlat idoralari va tashkilotlari singari Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasida ham Davlat tiliga bo‘lgan e’tibor alohida. Qayd etish muhimki, tizimda O‘zbekiston Respublikasining Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyishlari, Hukumat qarorlari va boshqa idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining ishlab chiqilishi lotin yozuviga asoslangan o‘zbek tilida bo‘lishi ta’minlangan. Bino peshtaxtalaridagi yozuvlar, ijtimoiy tarmoqlardagi barcha matnlar aynan Davlat tilida omma e’tiboriga taqdim etilmoqda.

Shuningdek, Davlat kadastrlari palatasi tomonidan yuritib kelinayotgani geoaxborot tizimida shakllanayotgan ma’lumotlar tarkibini faqatgina lotin yozuviga asoslangan o‘zbek tilida amalga oshirish maqsadida Davlat kadastrlari yagona tizimiga berilayotgan ma’lumotlar lotin alifbosida shakllantirilmoqda.

Happy
Happy
0 %
Sad
Sad
0 %
Excited
Excited
0 %
Sleepy
Sleepy
0 %
Angry
Angry
0 %
Surprise
Surprise
0 %