Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumanida Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi raisi Moxir Kamolovich Valiyevning fuqaro va tadbirkorlar uchun sayyor qabuli bo’lib o’tdi.

Tadbir avvalida palata raisi tomonidan sohaga oid qonunchilikdagi o‘zgarishlar va fuqarolarga yaratilayotgan sharoitlar bo‘yicha tushunchalar berildi. Shundan so‘ng, har bir murojaatchining kadastrga oid savollari va muammolarini o‘rganildi.