Joriy yilning iyul-sentabr oylarida O‘zbekistonda ko‘chmas mulk oldi-sotdisi bo‘yicha tuzilgan shartnomalar soni 79,9 mingtani tashkil etdi. Hududlar kesimida eng ko‘p shartnoma tuzilishi Xorazm viloyatiga to‘g‘ri keladi — 41%.
Ikkilamchi ko‘chmas mulk bozori uchinchi chorakda 5,2%ga, yil boshidan buyon esa 18,1%ga qimmatlashdi.
Uchinchi chorakdagi ikkilamchi ko‘chmas mulk bozorida narxlarning o‘sishi eng ko‘p Qoraqalpog‘istonda qayd etilgan — 19,4%.
Surxondaryo viloyatida esa uy-joy narxi 10,2%ga arzonlashgan.
Shuningdek, sentabr oyida birlamchi bozorda ham uy-joy narxi 2,5%ga o‘sdi. Farg‘ona, Toshkent, Sirdaryo va Navoiyda narxlar oshgan bo‘lsa, Jizzax, Buxoro va Xorazmda narxlarning biroz pasayishi kuzatildi.
Shuningdek, sentabr oyida ijara narxlarida 7,7%ga o‘sish kuzatilgan. Iyul oyida respublika bo‘yicha ijara narxlari 2,5%ga kamaydi. Avgust-sentabr oylariga kelib turar joylar uchun ijara narxlarida 17%lik sezilarli o‘sish kuzatilgan. Avgust oyida 8,6%ga va sentabrda 7,7%ga oshgan.
Umuman, uchinchi chorakda narxlarning o‘sishiga norezidentlar tomonidan yashash joylariga bo‘lgan talab va aholining ikkilamchi daromadlari ortishi hamda mavsumiy omillar ta’sir qilgan.