Axborot so’rash tartibi

Axborot olishga doir so‘rov og‘zaki, yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda ifodalanishi mumkin.

Yozma so‘rovda murojaat etuvchining ismi, otasining ismi, familiyasi, manzili, so‘ralayotgan axborotning nomi yoki xususiyati ko‘rsatiladi.

Yozma so‘rovda elektron manzilning ko‘rsatilganligi murojaat etuvchining so‘rovga axborot tizimi orqali elektron shaklda javob olishga bo‘lgan roziligidir.

Yozma so‘rovlar, shu jumladan elektron hujjat tarzida yuboriladigan so‘rovlar ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart.

So‘rovga iloji boricha qisqa muddatda, agar qonunchilikda boshqa hol nazarda tutilgan bo‘lmasa, so‘rov olingan sanadan boshlab o‘n besh kundan kechiktirmay javob qaytarilishi kerak.

Og‘zaki so‘rovga, imkoniyatga qarab, darhol javob berilishi shart.

Agar so‘rov tushgan organ yoki mansabdor shaxs so‘ralayotgan axborotga ega bo‘lmasa, murojaat etuvchiga bu haqda so‘rov olingan sanadan boshlab yetti kundan kechiktirmay ma’lum qilishi, shuningdek, imkoniyatga qarab, unga bunday axborotga ega bo‘lgan organning yoki mansabdor shaxsning nomini ma’lum qilishi shart.