Axborot xizmati vazifalari

Axborot xizmati faoliyatining asosiy maqsad va vazifalari

Axborot xizmati faoliyatining maqsadi keng jamoatchilikni Davlat kadastrlari palatasi faoliyati, sohaga doir normativ-huquqiy hujjatlari to‘g‘risida xolisona, sifatli va tezkor xabardor qilish.

Axborot xizmatining asosiy vazifalari

  • Davlat kadastrlari palatasi rahbariyati tomonidan zamonaviy talablarga muvofiq belgilanadigan axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish
  • axborot sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish borasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati, davlat va xo‘jalik boshqaruvi boshqa organlarining axborot xizmatlari bilan samarali va amaliy hamkorlikni ta’minlash
  • ommaviy axborot vositalari (keyingi o‘rinlarda OAV deb ataladi) bilan o‘zaro hamkorlik qilish, Xizmat bilan doimiy hamkorlikda ishlaydigan jurnalistlar doirasini shakllantirish, axborot xabarlarini (matbuot uchun axborotlar, byulletenlar va shu kabilarni) tarqatish, ommaviy tadbirlarni tashkil etish
  • Davlat kadastrlari palatasining rasmiy veb-sayti, ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy kanal va sahifalarida axborotni tezkorlik bilan joylashtirish va o‘z vaqtida yangilab borish
  • axborot maydoni monitoringini olib borish va tahlil qilish, ularga munosabat bildirishning turlari, usullari va darajasi bo‘yicha ekspertlar bilan birgalikda takliflar tayyorlash, OAV, shu jumladan, Internet tarmog‘ida materiallar tarqatish bo‘yicha kompleks ishlarni tashkil etish
  • Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparati va hududiy boshqarmalar bilan birgalikda milliy va xorijiy OAVda tarqatish uchun xabar, axborot-ma’lumot materiallar, sharhlar va axborot-tahliliy materiallar tayyorlash
  • Davlat kadastrlari palatasi faoliyatini xorijiy OAVda sifatli yoritish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi vakolatxonlarini, shuningdek, xorijiy mamlakatlarning O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonalarini axborot materiallari (foto, audio va videomateriallar, bosma mahsulotlar va shu kabilar) bilan ta’minlash
  • Davlat kadastrlari palatasi faoliyatiga nisbatan jamoatchilik fikrining holati hamda milliy va xorijiy OAV pozitsiyasini tahlil qilish va ular to‘g‘risida davlat hokimiyati va boshqaruvi organi rahbariyatiga axborot berish
  • Davlat kadastrlari palatasining faoliyat sohasiga aloqador matnli, foto, audio va videomateriallar ma’lumotlar bankini shakllantirish va yuritish.

Axborot xizmatining asosiy funksiyalari

Yuklatilgan vazifalarga muvofiq Axborot xizmati quyidagi funksiyalarni bajaradi