Skip to content
Chorshanba, Avgust 10, 2022
DAVLAT KADASTRLARI PALATASI

DAVLAT KADASTRLARI PALATASI

Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi

  • Palata haqida
    • Tashkilot nomi
    • Rivojlanish strategiyasi
    • Rahbariyat
    • Markaziy apparat
    • Hududiy boshqarmalar
      • Qoraqalpog‘iston Respublikasi
      • Toshkent shahri
      • Toshkent viloyati
      • Andijon viloyati
      • Namangan viloyati
      • Farg’ona viloyati
      • Sirdaryo viloyati
      • Jizzax viloyati
      • Samarqand viloyati
      • Qashqadaryo viloyati
      • Surxondaryo viloyati
      • Navoiy viloyati
      • Buxoro viloyati
    • Qadriyatlar
    • Me’yoriy hujjatlar
    • Guvohnoma/akkreditatsiya
    • Bo’sh ish o’rinlari
  • Faoliyati
    • Faoliyatning huquqiy asoslari
    • Yer fondi
    • Davlat ro’yxatidan o’tkazish
    • Auksionga yerlarni taqdim etish
    • Loyihalar
      • Xalqaro hamkorlik doirasidagi uchrashuvlar
      • Shartnoma va bitimlar
    • Yoshlar siyosati
    • Gender tenglik
    • Atrof-muhitni muhofaza qilish
    • Murojaatlar bilan ishlash
      • Fuqarolarni qabul qilish tartibi
      • Virtual qabulxona
      • Murojaatlarni ko’rib chiqish tartibi
      • Ishonch telefoni orqali baholash
      • Murojaatlar statistikasi
    • Davlat dasturlari
  • Axborot xizmati
    • Yangiliklar
    • E’lonlar va tenderlar
    • Axborot xizmati vazifalari
    • Axborot so’rash tartibi
    • OAV biz haqimizda
    • Tashkiliy tadbirlar
      • Sayyor qabul
      • Brifing
      • Matbuot anjumani
    • Media materiallar
      • Fotogalereya
      • Videogalereya
    • Ochiq ma’lumotlar
    • Press relizlar
    • Palata yangiliklari
    • Sohaga oid xorijdagi yangilik va qiziqarli faktlar
    • Bog’lanish
  • Interaktiv xizmatlar
    • Rahbariyat qabul kunlari
    • my.gov.uz interaktiv yagona portali
  • Bog’lanish
    • Rasmiy telegram bot

Markaziy apparat

Koʼchmas mulk huquqlarini davlat roʼyxatidan oʼtkazish boshqarmasi:

Аbdurazzoqov Sanjar Shavkatovich

Vazifalar…

Boshqarma faoliyatining maqsadi ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ishlarini tashkil etish va amalga oshirilishini ta’minlash.

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sohasida Boshqarmaning asosiy vazifalari quyidagilar:

– hududiy boshqarmalarda ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ishlarini tashkil etish;

– ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestrini yuritish;

– ko‘chmas mulk manzillar reyestrini yuritish;

– kadastr muhandislari va davlat ro‘yxatdan o‘tkazuvchilari reyestrini yuritish.

Malaka oshirish, metodologiya va oʼquv boʼlimi:

Umarxo’jayev Erkin Turg’unovich

Vazifalar…

Bo‘lim faoliyatining maqsadi davlat kadastrlarini yuritish, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, geofazoviy ma’lumotlarni yaratish va ulardan foydalanish sohasidagi ishlarni ilmiy-metodologik tomonidan qo‘llab-quvvatlash.

Bo‘limning asosiy vazifalari quyidagilar:

– Davlat kadastrlari palatasi faoliyatini ilmiy-metodologik va normativ-texnik jihatdan ta’minlash;

– xalqaro tajribani tahlil qilish hamda ilmiy va metodologik bazani takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;

– ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish, Davlat kadastrlari palatasi mutaxassislarining ilmiy saviyasini oshirish;

– xodimlarni o‘qitish va malakasini oshirish.

Fazoviy maʼlumotlar milliy infratuzilmasi boshqarmasi:

Komilov Sohib

Vazifalar…

Boshqarma faoliyatining maqsadi Davlat kadastrlari yagona tizimi, Milliy geografik axborot tizimini yuritish, geofazoviy maʼlumotlarni yaratish va ulardan foydalanishni tashkil etish.

Boshqarmaning asosiy vazifalari quyidagilar:

– Davlat kadastrlari yagona tizimini yuritish;

– davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;

– Milliy geoaxborot tizimini yuritish;

– fazoviy maʼlumotlar milliy infratuzilmasining bazaviy fazoviy maʼlumotlar banki, maxsus fazoviy maʼlumotlar va metamaʼlumotlar bazalarini shakllantirish;

– manfaatdor vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan oʼzaro elektron aloqalar orqali geofazoviy maʼlumotlar almashinuvini amalga oshirish.

Tashkiliy-nazorat va tahlil boʼlimi:

Ergashev Dilmurod Rahmatullayevich

Vazifalar…

Bo’lim faoliyatining maqsadi Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalarida ish yuritishni tashkil etish, bu boradagi faoliyatga uslubiy rahbarlik qilish va nazoratni amalga oshirishni ta’minlash.

Bo‘limning asosiy vazifalari quyidagilar:

– Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparatiga jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha ish yuritishni tashkil etish, bu boradagi faoliyatga uslubiy rahbarlik qilish va nazoratni amalga oshirish;

– ijro intizomi talablariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlash;

– bo‘limning ish rejalar loyihalarini tayyorlash va uning ijrosini nazorat qilish;

– Davlat kadastrlari palatasi rahbariyati huzurida o‘tkaziladigan tezkor yig‘ilishda tuzilgan bayonlarida berilgan topshiriqlar ijrosini nazorat qilish;

– jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish, murojaatlarni ko‘rib chiqishni nazorat qilish, Davlat kadastrlari palatasi binosiga kirish-chiqishni tashkillashtirish.

 

Kadastr muhandislarining faoliyatini muvofiqlashtirish boʼlimi:

Ahmedov Hidoyatxo’ja Rustamxon o‘g‘li

Vazifalar…

Kadastr muhandislarining faoliyatini muvofiqlashtirish bo’limi
Kadastr muhandislarining faoliyatini muvofiqlashtirish bo’limining asosiy funksiyalari:
– kadastr muhandislari reyestrini yuritadi;
– ko’chmas mulk obyektlariga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishda Davlat kadastrlari palatasining tarkibiy tuzilmalari hamda kadastr muhandislari faoliyatini muvofiqlashtiradi va monitoringini amalga oshiradi;
– kadastr muhandisi malaka shahodatnomasini olishga talabgor bo’lgan shaxslar ro’yxatini tuzadi;
– kasbiy qayta tayyorgarlik dasturini ishlab chiqadi;
– kadastr muhandislarini kadastr munosabatlari sohasida kasbiy qayta tayyorgarlik dasturi bo’yicha tayyorlashni tashkil etadi;
– kadastr muhandislariga malaka imtihonini o’tkazishni tashkil etadi.

Xalqaro hamkorlik boʼlimi:

Nig’matullayev Shermuhammad

Vazifalar…

Boʼlim faoliyatining maqsadi davlat kadastrlarini yuritish, koʼchmas mulkka boʼlgan huquqlarni davlat roʼyxatidan oʼtkazish, geofazoviy maʼlumotlarni yaratish va ulardan foydalanish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirilishini taʼminlash.

Boʼlimning asosiy vazifalari:

– davlat kadastrlarini yuritish, koʼchmas mulkka boʼlgan huquqlarni davlat roʼyxatidan oʼtkazish, geofazoviy maʼlumotlarni yaratish va ulardan foydalanish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish boʼyicha ishlarni muvofiqlashtirish.

Hududiy boshqarmalar faoliyatini muvofiqlashtirish boʼlimi:

Mansurov Mirodil Baxtiyor oʼgʼli

Vazifalar…

Bo‘lim faoliyatining maqsadi hududiy boshqarmalar va tuman (shahar) filiallari faoliyatini muvofiqlashtirish.

Bo‘limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

– hududiy boshqarmalar va tuman (shahar) filiallarining faoliyatini o‘rganish;

– hududiy boshqarmalar va tuman (shahar) filiallarining faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparati bo‘linmalari bilan birgalikda tahlil qilish;

– hududiy boshqarma va tuman (shahar) filiallarining faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

– hududiy boshqarmalar va tuman (shahar) filiallarining faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha yillik va chorak tadbirlar rejalarini ishlab chiqishi va ularni bajarilishini nazorat qilish.

Axborot tizimlarini rivojlantirish va qoʼllab-quvvatlash boʼlimi:

O’sarov Sardor Baxtiyor oʼgʼli

Vazifalar…

Bo‘lim faoliyatining maqsadi Kadastr va ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish integratsion axborot tizimi (KKMRO’IAT), Milliy geografik axborot tizimi (MGAT), Fazoviy ma’lumotlar milliy infratuzilmasi (FMMI), Davlat kadastrlari palatasiga yuritilishi yuklatilgan boshqa axborot tizimlarini qo‘llab-quvvatlash.

Bo‘limning asosiy vazifalari quyidagilar:

– axborot tizimlarini uzluksiz 24/7 rejimida ishlashini ta’minlash;

– axborot tizimlari va qurilmalari nosozliklarini o‘z vaqtida bartaraf etish.

Maʼmuriy-xoʼjalik boʼlimi:

Hoshimov Alisher

Vazifalar…

Boʼlim faoliyatining maqsadi Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati va hududiy boshqarmalariga tegishli boʼlgan ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanishni, materiallardan tejamkorlik bilan foydalanishni, mehnat unumdorligini oshirishni taʼminlash.

Boʼlimning asosiy vazifalari quyidagilar:

– Davlat kadastrlari palatasiga tegishli bino va xizmat xonalarni lozim boʼlgan holatida saqlash va uzluksiz ishlashini taʼminlash;
– bino atrofidagi hududni sanitariya meʼyorlari va qoidalari talablari binoan saqlash;
– Davlat kadastrlari palatasi faoliyatiga tegishli asbob-uskuna, materiallar bilan taʼminlash.

Komplaens-nazorat xizmati:

Rahmatov Azim Maxamatovich

Vazifalar…

Komplaens-nazorat xizmatining asosiy maqsadi korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni oʼz vaqtida aniqlash, ularga chek qoʼyish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini taʼminlash.

Komplaens-nazorat xizmatining asosiy vazifalari quyidagilar:

– Davlat kadastrlari palatasida korrupsiyaviy harakatlarni sodir etilishiga koʼmaklashuvchi sabab va sharoitlarni bartaraf etishga moʼljallangan barcha choralarni koʼrish;

– korrupsiyaga qarshi kurashishning qonunchilikda ruxsat etilgan barcha maʼlumotlarni olish, to’plash, qayta ishlash, korrupsiya bilan bogʼliq obyektlarni nazorat qilish shakllari, usullari va vositalaridan foydalanish hamda zarur boʼlgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

– korrupsiyaga qarshi kurashish boʼyicha koʼrilgan chora-tadbirlarni tahlil qilish natijasidan kelib chiqib, xodimlar va boshqa shaxslarni Davlat kadastrlari palatasi va uning Hududiy boshqarma va filiallarida korrupsiyaviy holatlar haqida oʼz vaqtida axborot berish, korrupsiyaga qarshi kurashish boʼyicha taklif va tavsiyalar berish;

– Davlat kadastrlari palatasi, hududiy boshqarmalar va filiallarda korrupsiyani oldini olish choralarini koʼrish;

– xodimlarda korrupsiyaga qarshi kurashish ongini shakllantirish;

– xodimlarning ongida Davlat kadastrlari palatasi, hududiy boshqarmalar va filiallarda korrupsiyaning har qanday shakli namoyon etilishiga yoʼl qoʼymaslikni, bir xilda qabul qilinishini shakllantirish;

– xodimlarga korrupsiyaga qarshi kurashish toʼgʼrisidagi qonunchilikni va Davlat kadastrlari palatasi, hududiy boshqarmalar va filiallarning korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatining talablari, qoidalari va prinsiplarini bilishi va ularga qat’iy rioya etilishini joriy etish;

– Davlat kadastrlari palatasi, hududiy boshqarmalar va filiallar xodimlarining faoliyatidagi manfaatlar toʼqnashuvlarini aniqlash va uni oldini olish choralarini koʼrish;

– jismoniy va yuridik shaxslarning korrupsiyaga oid murojaatlarini belgilangan tartibda oʼrganib chiqish;

– xodimlarni korrupsiyaga oid faoliyatga jalb etish xavfini minimallashtirish;

– Davlat kadastrlari palatasi, hududiy boshqarmalar va filiallar faoliyatiga asossiz aralashuviga, Davlat kadastrlari palatasi kadrlarning shaʼni va qadr-qimmati kamsitilishiga, ularning xizmat vazifasi, vakolatlari, funksiyalariga kirmaydigan ishlarga majburiy ravishda jalb qilinishining har qanday shakllariga, xodimlarning huquqlari buzilishiga yoʼl qoʼymaslik boʼyicha qonun hujjatlarida nazarda tutilgan choralarni ko’rish;

– Davlat kadastrlari palatasi, hududiy boshqarmalar va filiallarda korrupsiyaviy huquqbuzarliklarni sodir etgan va sodir etilishiga shart-sharoit yaratib bergan shaxslar egallab turgan mavqeidan qat’iy nazar, qonun hujjatlariga muvofiq, javobgarlikka tortish choralarini koʼrish boʼyicha Davlat kadastrlari palatasi raisiga takliflar berish;

– korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar va boshqa qonunga xilof harakatlar sodir etilishining, shuningdek, Davlat kadastrlari palatasi xodimlari tomonidan kasbga oid odob-axloq qoidalari buzilishining oldini olish va profilaktika ishlarini amalga oshirish.

Аxborot xizmati:

Yo’ldosheva Munojat

Vazifalar…

Аxborot xizmati faoliyatining maqsadi keng jamoatchilikni Davlat kadastrlari palatasi faoliyati, sohaga doir normativ-huquqiy hujjatlari toʼgʼrisida xolisona, sifatli va tezkor xabardor qilish.

Аxborot xizmatining asosiy vazifalari:

– Davlat kadastrlari palatasi rahbariyati tomonidan zamonaviy talablarga muvofiq belgilanadigan axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish;

– axborot sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish borasida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati, davlat va xoʼjalik boshqaruvi boshqa organlarining axborot xizmatlari bilan samarali va amaliy hamkorlikni taʼminlash;

– ommaviy axborot vositalari (keyingi oʼrinlarda OАV deb ataladi) bilan oʼzaro hamkorlik qilish, Xizmat bilan doimiy hamkorlikda ishlaydigan jurnalistlar doirasini shakllantirish, axborot xabarlarini (matbuot uchun axborotlar, byulletenlar va shu kabilarni) tarqatish, ommaviy tadbirlarni tashkil etish;

– Davlat kadastrlari palatasining rasmiy veb-sayti, ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy kanal va sahifalarida axborotni tezkorlik bilan joylashtirish va oʼz vaqtida yangilab borish;

– axborot maydoni monitoringini olib borish va tahlil qilish, ularga munosabat bildirishning turlari, usullari va darajasi boʼyicha ekspertlar bilan birgalikda takliflar tayyorlash, OАV, shu jumladan, Internet tarmogʼida materiallar tarqatish boʼyicha kompleks ishlarni tashkil etish;

– Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati va hududiy boshqarmalar bilan birgalikda milliy va xorijiy OАVda tarqatish uchun xabar, axborot-maʼlumot materiallar, sharhlar va axborot-tahliliy materiallar tayyorlash;

– Davlat kadastrlari palatasi faoliyatini xorijiy OАVda sifatli yoritish maqsadida Oʼzbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi vakolatxonlarini, shuningdek, xorijiy mamlakatlarning Oʼzbekistondagi diplomatik vakolatxonalarini axborot materiallari (foto, audio va videomateriallar, bosma mahsulotlar va shu kabilar) bilan taʼminlash;

– Davlat kadastrlari palatasi faoliyatiga nisbatan jamoatchilik fikrining holati hamda milliy va xorijiy OАV pozitsiyasini tahlil qilish va ular toʼgʼrisida davlat hokimiyati va boshqaruvi organi rahbariyatiga axborot berish;

– Davlat kadastrlari palatasining faoliyat sohasiga aloqador matnli, foto, audio va videomateriallar maʼlumotlar bankini shakllantirish va yuritish.

Inson resurslarini boshqarish boʼlimi:

Mahmudov Ziyovuddin

Vazifalar…

Boʼlim faoliyatining maqsadi Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boʼlinmalarini ularga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun malakali kadrlar bilan taʼminlash.

Boʼlimning asosiy vazifalari quyidagilar:

– malakali kadrlarni jalb qilish va tanlash;

– xodimlarning hujjatlarini yuritish.

Yuridik boʼlim:

Xo’jamov Nodir

Vazifalar…

Boʼlim faoliyatining maqsadi Davlat kadastrlari palatasi faoliyatini huquqiy tomonidan tartibga solishni taʼminlash.

Davlat kadastrlari palatasi faoliyatini huquqiy tomonidan tartibga solishda Yuridik boʼlimning asosiy vazifalari quyidagilar:

– huquqni qoʼllash faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni taʼminlashni tashkil etish;

– ishlab chiqilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligini taʼminlash;

– xodimlarning huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish;

– shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-daʼvo ishlarini yuritish.

Koʼchmas mulk kadastri boshqarmasi:

Yoqubov Muhammad

Vazifalar…

Boshqarma faoliyatining maqsadi davlat yer kadastri va bino va inshootlar davlat kadastri samarali yuritilishini taʼminlash.

Davlat yer kadastri va bino va inshootlar davlat kadastrini yuritilishida boshqarmaning asosiy vazifalari quyidagilar:

– davlat yer kadastri maʼlumotlarini yigʼish, tizimlashtirish, tahlil qilish va manfaatdor foydalanuvchilarga taqdim etish tayyorlash;

– bino va inshootlar davlat kadastri maʼlumotlarini yigʼish, tizimlashtirish, tahlil qilish va manfaatdor foydalanuvchilarga taqdim etish.

Rejalashtirish va iqtisodiy tahlil boʼlimi:

Eshmirzayev Baxtiyor

Vazifalar…

Boʼlim faoliyatining maqsadi Palata moliyaviy holatining barqarorligini oshirish, shuningdek Palata yagona hisob varagʼiga tushgan mablagʼlarni belgilangan smetalar asosida tahlil qilish va taqsimlash.

Boʼlimning asosiy vazifalari:

– tizimli ravishda iqtisodiy tahlillarni amalga oshirish;

– Palataning iqtisodiy holati barqarorligini qoʼllab-quvvatlash;

– Palataning iqtisodiy faoliyatini samarali rejalashtirishni amalga oshirish;

– Yagona hisobvaragʼiga tushadigan mablagʼlarni manbasi va hududlar boʼyicha taqsimlash;

– Palata Markaziy apparat, hududiy boshqarmalar va tuman (shahar) filiallarining daromadlar va xarajatlar smetasini shakllantirish va tahlil qilish;

– Palata iqtisodiy va ishlab chiqarish faoliyatiga bogʼliq maʼlumotlarni tahlil qilish, xoʼjalik hisobi va hisobotlari shuningdek iqtisodiy intizomni mustahkamlash yuzasidan takliflar tayyorlash;

– boshqaruvning iqtisodiy koʼrsatkichlarini aks ettiruvchi maʼlumotlarni qayta ishlash, hisobot va reja hujjatlarini takomillashtirish tadbirlarini koʼradi.

Moliyaviy monitoring boʼlimi:

Ergashev Akrom

Vazifalar…

Boʼlim faoliyatining maqsadi:

– Davlat kadastrlari palatasining moliyaviy faoliyati barqarorligini oshirish;

– Davlat kadastrlari palatasining iqtisodiy koʼrsatkichlari holati barqarorligini qoʼllab-quvvatlash;

– smeta xarajatlarni maqsadli va oqilona sarflanishini doimiy ravishda nazorat qilish;

– smeta daromadlar qismini shakllanishini nazorat va tahlil qilish;

– Palata barcha bo’limlari tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi qonunchiligiga, Prezident farmonlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, Davlat soliq qo’mitasi va Kadastr agentligining buyruq va yo’riqnomalariga hamda boshqa meʼyoriy hujjatlar talablariga rioya qilinishi yuzasidan doimiy ravishda nazorat va monitoring ishlarini amalga oshirish;

– aniqlangan huquqbuzarliklar va gʼayriqonuniy harakatlar yuzasidan palata raisi nomiga taqdimnoma kiritish, palata moliyaviy ahvoliga yetkazilgan zararlarni qonunda belgilangan tartibda qoplash boʼyicha takliflar kiritib borish;

– hududiy boshqarmalar bilan doimiy ravishda buxgalteriya hisobida qonunda belgilangan tartibda ish yuritish boʼyicha tushuntirish ishlarini olib borish, yoʼl-yoʼriqlar va zaruriy tavsiyalar berib borish.

Share
Facebook Twitter Pinterest Linkedin

KO’CHMAS MULKKA BO’LGAN HUQUQLARNI DAVLAT RO’YXATIDAN O’TKAZISH TIZIMI

Registrasiya

Kadastr pasporti

KO’CHMAS MULKKA BO’LGAN HUQUQLARNI DAVLAT RO’YXATIDAN O’TKAZISH TIZIMI

O‘zbekiston Respublikasi xaritasi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpogʼiston Respublikasi boshqarmasi boshligʼi

Jalelov Uzakbay Kidirbaevich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri, "Shimbay Shayxana" MFY Tan Nuri ko‘chasi 183-uy

Yer resurslarini toifalar bo'yicha taqsimlash...

Xorazm viloyati

Davlat kadastrlari palatasining Xorazm viloyati boshqarma boshligʼi

Jumabaev Behzod Madaminovich

Urganch shahar, Istiqlol ko‘chasi, 14-uy

Yer resurslarini toifalar bo'yicha taqsimlash...

Navoiy

Davlat kadastrlari palatasining Navoiy viloyati boshqarma boshligʼi

Nosirov Mansur Burxonovich

210100,Navoiy shahri, Ma’rifat ko‘chasi, 8-uy

Yer resurslarini toifalar bo'yicha taqsimlash...

Buxoro viloyati

Davlat kadastrlari palatasining Buxoro viloyati boshqarma boshligʼi

Toyirov Amriddin Xayriddinovich 

200100, Buxoro shaxar, I.Muminov kuchasi, 4-uy

Yer resurslarini toifalar bo'yicha taqsimlash...

Samarqand viloyati

Davlat kadastrlari palatasining Samarqand viloyati boshqarma boshligʼi vazifasini vaqtincha bajarish yuklatilsin

Kuvandikov Muxtor Narzullaevich

140129, Samarqand shahar, Gulobod kochasi, 56 A uy

Yer resurslarini toifalar bo'yicha taqsimlash...

Qashqadaryo viloyati

Davlat kadastrlari palatasining Qashqadaryo viloyati boshqarma boshligʼi

Hamroyev Gʼayratjon Sultonovich

Qarshi shahar, Nasaf  ko‘chasi, 1a uy

Yer resurslarini toifalar bo'yicha taqsimlash...

Surxondaryo viloyati

Davlat kadastrlari palatasining Surxondaryo viloyati boshqarma boshligʼi

Shaymardanov Sobir Xoʼshboqovich

Surxondaryo viloyati, Termiz shahri, Shukrona ko‘chasi, 12-uy

Yer resurslarini toifalar bo'yicha taqsimlash...

Jizzax viloyati

Davlat kadastrlari palatasining Jizzax viloyati boshqarma boshligʼi

Sidikov Nodir Eshkuvatovich

Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Zilol mahallasi, Yangiqo’rg’on ko‘chasi,14-a

Yer resurslarini toifalar bo'yicha taqsimlash...

Sirdaryo viloyati

Davlat kadastrlari palatasining Sirdaryo viloyati boshqarma boshligʼi vazifasini vaqtincha bajarish yuklatilsin

Minasipov Burxan Baxtiyorovich

120100, Guliston shahar, Sayqal MFY, Islom Karimov ko'chasi, 16-uy

Yer resurslarini toifalar bo'yicha taqsimlash...

Toshkent viloyati

Davlat kadastrlari palatasining Toshkent viloyati boshqarma boshligʼi

Аhrorov Jasur Davlatboyevich

Yer resurslarini toifalar bo'yicha taqsimlash...

Namangan viloyati

Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarma boshligʼi vazifasini bajaruvchi

Qodirxon Sattorovich Gapparov

160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

Yer resurslarini toifalar bo'yicha taqsimlash...

Farg'ona viloyati

Davlat kadastrlari palatasining Fargʼona viloyati boshqarma boshligʼi vazifasini bajaruvchi

Mirzahmedov Ravshan Valijonovich

Farg'ona shahar, Bobur ko'chasi, 9-uy

Yer resurslarini toifalar bo'yicha taqsimlash...

Andijon viloyati

Davlat kadastrlari palatasining Аndijon viloyati boshqarma boshligʼi

Аkbarov Dilshodbek Аhmadjonovich

Andijon shahar, A.Temur shox ko’chasi, 7 uy

    • Yer resurslarini toifalar bo'yicha taqsimlash...

Toshkent shahri

Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarma boshligʼi vazifasini bajaruvchisi

Karimov Jasur Ikrambekovich

Toshkent shahar, Mirobod tumani, Kichik Xalqa Yo'li ko’chasi, 9 uy

Yer resurslarini toifalar bo'yicha taqsimlash...

Manzil: 100097, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Chilonzor S mavzesi, Bunyodkor shoh ko‘chasi, 28-uy

All Rights Reserved 2022.
Proudly powered by WordPress | Theme: Refined Blocks by Candid Themes.
EnglishРусскийO‘zbekcha