OAV biz haqimizda

“Yangi O‘zbekiston” ijtimoiy-siyosiy nashri saytida

“Yangi O‘zbekiston” ijtimoiy-siyosiy nashri saytida bugun e’lon qilingan mazkur sarlavhada Davlat kadastrlari palatasi raisining birinchi o‘rinbosari Nozimjon Inamov sohadagi yangiliklar, o‘tgan davrda aholiga yaratilayotgan qulayliklar bo‘yicha qilingan ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Uza — O‘zbekiston Milliy axborot agentligining rasmiy kanalida

Uza — O‘zbekiston Milliy axborot agentligining rasmiy kanalida kuni kecha o‘tkazilgan Davlat kadastrlari palatasining matbuot anjumanida berilgan ma’lumotlar keng yoritildi.

“O‘zbekiston24” radiokanalida

Davlat kadastrlari palatasi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ishtirok etgan “O‘zbekiston24” radiokanali  jurnalisti jarayonning o‘zidan jonli efirga chiqib ma’lumot taqdim etdi. Bundan tashqari, anjumanning to‘liq mazmunini keng yoritib, radioeshshitirish orqali tinglovchilarga kadastr va yer masalalaridagi keng ma’lumotlarni yetkazdi.

“O’zbekiston24” telekanalining  “Yangiliklar 24”  informatsion dasturida

“O’zbekiston24” telekanalining “Yangiliklar 24” informatsion dasturi orqali Davlat kadastrlari palatasining «Yer hisobini raqamli iqtisodiyotga joriy etish jarayonlari» mavzusida o’tgan matbuot anjumani haqida reportaj efirga uzatildi.

“Янги Ўзбекистон” va “Правда востока” gazetasining rus tilidagi sonida

«Теме поземельного учета на основе цифровых технологий была посвящена пресс-конференция, прошедшая в Национальном пресс-центре Узбекистана. Организатор встречи — Агентство по кадастру при Государственном налоговом комитете Республики Узбекистан, в частности, Палата государственных кадастров при агентстве. «– “Янги Ўзбекистон” va “Правда востока” gazetasining rus tilidagi sonida hamda rasmiy saytida o‘tgan haftada o‘tkazilgan Davlat kadastrlari palatasining matbuot anjumanida ko‘tarilgan masalalar haqida so‘z borgan.

MTRKning “O‘zbekiston” telekanali orqali “Munosabat” tok shousida

MTRKning “O‘zbekiston” telekanali orqali “Munosabat” tok shousi efirga uzatilgandi. Unda, Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi mutasaddilari, shuningdek Adliya va Sud tizimi vakillari va boshqalar ishtirok etib, “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdilar.